date
views 483

O'zbekiston 2025-yil 1-choragida $115 mln avtomobil import qildi

O'zbekiston 2025-yil 1-choragida $115 mln avtomobil import qildi
O'zbekiston 2025-yilning birinchi choragida 115,1 million dollarlik xorijiy yengil avtomobillarni import qildi, deb upl.uz sayti xabar berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–mart oylarida mamlakatga 6 950 dona yengil avtomobil olib kirilgan. Eng katta yetkazib beruvchi davlat – Xitoy bo‘lib, u yerdan 5 235 ta avtomobil import qilingan.

Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya turibdi — u 1 425 dona avtomobil yetkazgan. Qolgan davlatlar hissasi quyidagicha: Hindiston – 144 ta, Yaponiya – 77 ta, AQSh – 18 ta. Yana 51 ta avtomobil boshqa mamlakatlardan olib kelingan.

Bu raqamlar Xitoyning O'zbekiston avtomobil bozoridagi mavqeini mustahkamlab borayotganini ko‘rsatadi. U boshqa eksportchilardan ancha oldinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi bo‘lib, Yaponiyani ortda qoldirgan. O‘zbekistonda BYD va Chery kabi Xitoy brendlari zamonaviy texnologiyalar va arzon narxlar bilan bozorda tez kengaymoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O'zbekiston 2025-yil 1-choragida $115 mln avtomobil import qildi
-->