
Germaniyaning mashhur avtomobil brendi — Volkswagen yaqin kelajakda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniyaning savdo va marketing bo‘yicha mas’ul rahbari Martin Sander shaxsan LinkedIn tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Yangi loyiha UzAuto va Alyans Auto hamkorligida amalga oshiriladi. Mazkur korxona avval Jizzakh Auto nomi bilan faoliyat yuritgan va bugungi kunda O‘zbekistonda Volkswagen, Škoda va Jetta brendlarining rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Ishlab chiqarish SKD formatida — ya’ni, yirik butlovchi qismlar asosida yig‘ish texnologiyasida amalga oshiriladi. Bu uslub nafaqat tezkor ishlab chiqarish imkonini beradi, balki sifati yuqori bo‘lgan avtomobillarni qisqa muddatda bozorga olib chiqishni ham ta’minlaydi.
Martin Sander ta’kidlashicha, Volkswagen portfelida 8 turdagi zamonaviy va xaridorlar talabiga javob beradigan sedan hamda yo‘ltanlamas avtomobillar mavjud. “Bu aynan o‘zbekistonlik iste’molchilar izlayotgan texnikalar,” — deydi u.
Loyiha doirasidagi butlovchi qismlar asosan Volkswagen'ning Xitoydagi ishlab chiqarish markazidan yetkazib beriladi. Bu, o‘z navbatida, logistika xarajatlarini kamaytirish va ekologik izni (uglerod izini) minimallashtirishga xizmat qiladi.
Avtomobillarni ommaviy yig‘ish jarayoni 2025 yilning to‘rtinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston avtomobil bozorida ushbu yangi bosqich nafaqat raqobatni kuchaytiradi, balki xaridorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ham ochishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar