
Har kuni yonimizda yuradigan oddiy avtomobil kaliti shunchaki temir parcha emas — u sog‘lig‘imiz uchun jiddiy xavf manbai bo‘lishi mumkin. Britaniyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, ushbu aksessuar mobil telefon yoki hatto klaviaturadan ko‘ra ancha iflos ekan.
MoneySuperMarket tahlilchilari 2000 nafar haydovchining kalitlarini mikrobiologik jihatdan o‘rganib chiqdi va hayratlanarli xulosaga keldi: har uchinchi inson kalitini hech qachon tozalamagan. Ta’kidlanishicha, ayrimlar kalitdan besh yillab foydalangan bo‘lsa-da, unga zaruriy gigiyena bermayotgan ekan.
Qizig‘i shundaki, o‘rganishlar kalitlarda o‘rtacha 241 ta bakteriya mavjudligini ko‘rsatdi. Solishtirish uchun, smartfonlar 66 ta, klaviaturalar esa 68 ta mikroorganizmga ega ekan. Bu esa avtomobil kalitini bakteriya to‘planishi bo‘yicha ancha yuqori o‘ringa qo‘yadi.
Yanada achinarlisi — ushbu bakteriyalar orasida Staphylococcus epidermidis kabi inson uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar ham bor. U terida tabiiy ravishda yashaydi, ammo immunitet pasaygan yoki jarrohlik operatsiyasidan chiqqan bemorlarda og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Hatto ba’zi holatlarda ichak tayoqchasi ham topilgan.
Tozalikka e’tibor berish maqsadida mutaxassislar muntazam ravishda avtomobil kalitlarini sovunli eritma va yumshoq mato bilan artib turishni tavsiya qilishmoqda. Oqartiruvchi moddalar yoki suvga botirish tavsiya etilmaydi, chunki ular kalitning metall qismi va ichidagi elektron tuzilmaga ziyon yetkazishi mumkin.
Qo‘limizda har kuni aylanib yurgan narsalar sog‘lig‘imizga xavf tug‘dirmasligi uchun, ularni ham tozalik bilan asrashimiz kerak. E’tiborsizlik oqibatida kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday mayda detallarga e’tibor berish — o‘zimiz va yaqinlarimizni muhofaza qilishning eng oddiy usulidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar