
2025 yil may oyida Chevrolet Cobalt’ning ishlatilgan modeli narxi 144 dollarga tushib, kichik yurgan avtomobil uchun 12,5 ming dollar (taxminan 157 million so‘m) bo‘ldi, deb Kursiv Media xabar berdi.
Ko‘plab boshqa mahalliy modellarning ham narxi tushdi. Eng katta tushish Damas modelida kuzatildi — 200 dollar. Katta va o‘rtacha yurgan Damas mikrovenlari mos ravishda 7 ming dollar (88 million so‘m) va 7,6 ming dollar (95 million so‘m)dan sotildi. Yaxshi holatdagi Damas esa faqat 50 dollarga arzonlashib, 8 ming dollar (100 million so‘m) bo‘ldi.
O‘rtacha yurgan Chevrolet Onix narxi 13,5 ming dollarga (170 million so‘m) tushdi. Lacetti — 14 ming dollar (176 million so‘m), Nexia — 10,9 ming dollar (137 million so‘m)gacha tushdi.
Qimmatroq mahalliy modellarning aksariyati ham arzonlashdi. Biroq yagona istisno — Equinox. Uning kam yurgan varianti 1,2 ming dollarga qimmatlashib, 34,7 ming dollar (437 million so‘m)ga yetdi.
Xorijiy avtomobillar bozorida esa Kia Carnival, Seltos va K5’lar (o‘rta va katta yurgan) sezilarli darajada arzonlashdi. Ammo yaxshi holatdagi Elantra va Sorento mos ravishda 24,2 ming dollar (305 million so‘m) va 44,5 ming dollar (560 million so‘m)gacha qimmatlashdi.
Elektromobillar narxi ham oshdi. O‘rtacha yurgan BYD Han may oyida 2 ming dollarga oshib, 34 ming dollar (428 million so‘m)dan sotildi. Ishlatilgan BYD Yuan Up 20,2 ming dollar (254 million so‘m), Song Plus EV Champion esa 28,9 ming dollar (364 million so‘m)gacha qimmatlashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar