date

Axion: Dizelda uchuvchi birinchi shaxsiy dron namoyish etildi

Axion: Dizelda uchuvchi birinchi shaxsiy dron namoyish etildi
Amerikaning FusionFlight kompaniyasi tomonidan dizel yoqilg‘isida ishlaydigan ilk shaxsiy uchuvchi — Axion droniga oydinlik berildi. U nafaqat futuristik dizayni, balki poydevoridan tortib funksiyasigacha — zamonaviy aviatsiyaning yangi bosqichini boshlamoqda, deb yozmoqda Kursiv.media sayti.

Kompaniya 2019 yilda ilk AB5 JetQuad modelini yaratgan edi. Keyinroq, undan ilhomlanib, AB6 JetQuad droni va endi — Axion uchish qurilmasi dunyoga keldi. U elektr motorlar o‘rniga mikroturbinali reaktiv dvigatellardan foydalanadi. E’tiborli jihati — ushbu motorlar dizel, kerosin yoki aviatsion yoqilg‘ida ishlaydi.

Axion — o‘lchami kichik avtomobilga teng bo‘lgan shaxsiy havo transporti. Uning eng yuqori parvoz vazni 230 kgni tashkil etadi:

- qurilmaning toza og‘irligi – 70 kg,
- yonilg‘i – 80 kg,
- foydalanuvchi yoki yuk – 80 kg.

Dron 8 ta reaktiv dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, ular jami 1097 Ngacha tortish kuchini beradi. Bu Axionga vertikal ko‘tarilish, havoda “muallaq turish” va 362 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Eng yuqori parvoz balandligi 10 km, maksimal parvoz vaqti — 15 daqiqa.

Qurilmada xavfsizlikka ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Hatto bitta dvigatel ishdan chiqsa ham, qolganlari bilan muvaffaqiyatli qo‘nishni ta’minlash mumkin.

Axion ikki xil boshqaruv rejimida ishlaydi:

1. qo‘lbola — ikkita joystik orqali;
2. avtonom — sensorli ekranda manzil tanlanadi va qurilma o‘zi harakatlanadi.

Aynan shu avtonom rejimda Axion favqulodda holatlarda bemorlar yoki muhim yuklarni tez yetkazib berishda qo‘llanilishi mumkin.

FusionFlight asoschisi Aleks Taytsning ta’kidlashicha, qurilmaning yerdagi sinovlari boshlangan va 2025 yil oxirigacha ilk havo sinovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Axion buyurtma asosida ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich narxi — $290 ming.

Bu yangilik — faqatgina texnologiya muxlislari uchun emas, balki kelajakda shaxsiy aviatransport tushunchasini qayta shakllantiruvchi qadam bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Axion: Dizelda uchuvchi birinchi shaxsiy dron namoyish etildi