
2025-yil 21-iyuldan boshlab “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tijorat banklari orqali xarid qilish uchun yangilangan dasturini ishga tushiradi, deb xabar berdi uzautomotors.com.
Yangi shartlarga ko‘ra, endilikda xaridorlar ushbu avtomobillarni atigi 20% boshlang‘ich to‘lov (ilgari 50% edi) bilan va yillik 0% dan boshlanadigan foiz stavkasi asosida bo‘lib to‘lash orqali xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, “UzAuto Motors” avtomobil xaridi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini ham soddalashtirganini bildirdi. Bu xaridorlar uchun yanada qulay va tezkor imkoniyat yaratadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar