Cobalt va Damas uchun yangi bo‘lib to‘lash shartlari e’lon qilindi

UzAuto Motors 7 oktyabrdan boshlab Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib to‘lash asosida sotishni yo‘lga qo‘ydi.
Yangi shartlarga ko‘ra, Cobalt xarid qilishda boshlang‘ich to‘lov 50 foizni tashkil etadi. Qolgan summa 24 oy davomida bo‘lib to‘lanadi. Bunda oylik to‘lov 3 mln 252 ming so‘mdan boshlanadi.
Damas uchun esa boshlang‘ich to‘lov miqdori 30 foiz etib belgilangan. Avtomobil uchun qolgan to‘lov 30 oy davomida amalga oshiriladi. Oylik to‘lov 2 mln 173 ming 640 so‘mdan to‘g‘ri keladi.
UzAuto Motors ma’lum qilishicha, keltirilgan hisob-kitoblar avtomobillarning boshlang‘ich komplektatsiyalari asosida tayyorlangan. Xaridor tanlaydigan komplektatsiyaga qarab boshlang‘ich va oylik to‘lovlar miqdori farq qilishi mumkin.































Izohlar 0
…