date

Chevrolet elektromobili bir zaryadda 1705 km bosib o‘tib, dunyo rekordini o‘rnatdi

Chevrolet elektromobili bir zaryadda 1705 km bosib o‘tib, dunyo rekordini o‘rnatdi

Chevrolet kompaniyasi elektr avtomobillari tarixida yangi sahifa ochdi. Ular ishlab chiqqan elektromobil, ya’ni elektr pikap, bir martalik zaryad bilan rekord darajadagi — 1705 km masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa rasmiy yurish masofasi — 793 kmdan qariyb ikki baravar ko‘proqdir.

Sinov yetti kun davom etgan va AQShning Detroit shahri atrofidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida o‘tkazilgan. Avtomobil 32−40 km/soat tezlikda harakatlangan. Muhandislar avtomobilning yurish masofasini maksimal darajada oshirish uchun bir qator modifikatsiyalar kiritishgan: shinadagi bosim oshirilgan, zaxira g‘ildirak olib tashlangan, konditsioner va boshqa energiya sarflovchi qurilmalar o‘chirilgan, havo qarshiligini kamaytirish uchun kuzovga qoplama o‘rnatilgan.

Mazkur model seriyali ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa-da, GM muhandislari sinov uchun uni individual tarzda sozlashgan. Bu rekord elektromobillarning imkoniyatlarini ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, kompaniya bu natijani Ginnes rekordlar kitobiga kiritish niyatida emas.

Avvalgi rekord Lucid Air Grand Touring elektromobiliga tegishli bo‘lib, u 1206 km yurishga muvaffaq bo‘lgan edi. Chevrolet’ning bu yutug‘i esa elektromobillar bozorida yangi davr boshlanishidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet elektromobili bir zaryadda 1705 km bosib o‘tib, dunyo rekordini o‘rnatdi