date

O‘zbekistonda yangi import mashinalar uchun eko sertifikat bekor qilindi

O‘zbekistonda yangi import mashinalar uchun eko sertifikat bekor qilindi

O‘zbekistonda endilikda M (yo‘lovchi tashuvchi) va N (yuk tashuvchi) toifadagi import avtomobillar ekologik sertifikat olish majburiyatidan ozod etildi, deb uz24.uz xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, ekologik sertifikat talab qilinmaydi, ammo avtomobillar Yevro-4 yoki undan yuqori ekologik standartlarga javob berishi shart. Tekshiruv faqat umumiy texnik reglament asosida xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.

Talab gibrid avtomobillarga ham taalluqli, elektromobillar esa bundan mustasno qilingan.

Importchilardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

– Ishlab chiqaruvchi yoki diler tomonidan berilgan Yevro-4 yoki undan yuqori standartlarga muvofiqlik xati.

– Ishlab chiqaruvchi mamlakatda Yevro-4’dan past avtomobillarni ishlab chiqarishni taqiqlovchi qonun hujjatlari.

– Yevro-4 yoki undan yuqori standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi boshqa texnik hujjatlar.

Agar laboratoriya sinovi orqali tekshirish imkoni bo‘lmasa, sertifikatlashtirish organlari importchi taqdim etgan hujjatlar asosida avtomobilni rasmiylashtiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda yangi import mashinalar uchun eko sertifikat bekor qilindi