Qoraqalpog‘istonda metan quyish shoxobchalari nega yopildi?

Qoraqalpog‘istonda avtomashinalarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklandi. Bu haqda "Hududgaz Qoraqalpog‘iston" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, hududda havo harorati keskin pasaygani sabab magistral gaz tarmoqlarida bosim pasayib ketgan. Shu bois gaz ta’minoti, avvalo, aholi uy-joylari hamda ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltirilmoqda.
Korxona izohida ta’kidlanishicha, metan “zapravka”larga bosqichma-bosqich vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan. Bu choralar maishiy iste’molchilarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xabar qilinishicha, mavjud vaziyat yaqin 3–4 kun ichida barqarorlashishi kutilmoqda. Gaz bosimi tiklanishi bilan shoxobchalar faoliyati ham bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!