Endi cheklov yo‘q: avtomobil importi erkinlashdi, narxlar o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda avtomobil importiga oid muhim cheklov bekor qilindi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qilib kelgan “bir yilda bitta avtomobil” talabi rasman olib tashlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, agar avtomobil barcha zarur muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lsa, uni istalgan miqdorda olib kirish imkoniyati mavjud. Bu esa avtomobil bozorida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, import hajmining oshishi bozorda raqobatni kuchaytiradi. Natijada sotuvchilar o‘rtasida narx bo‘yicha kurash kuchayib, xaridorlar uchun yanada kengroq tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayrim ekspertlar hatto ayrim modellarda narxlar pasayishi ehtimolini ham istisno etmayapti.
Shu bilan birga, ayrim tahlilchilar yangi qoidalar qisqa muddatda keskin o‘zgarish bermasligi, biroq uzoq muddatda avtomobil bozorining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashmoqda.
Hozirda esa fuqarolar va bozor ishtirokchilari ushbu yangilik mamlakatdagi avtomobil narxlariga qanday ta’sir qilishini faol muhokama qilmoqda.





























Izohlar 0
…