Poytaxtda noto‘g‘ri to‘xtashlarga qarshi nazorat kuchaytiriladi

Poytaxtda noto‘g‘ri to‘xtashlarga qarshi nazorat kuchaytiriladi

Toshkent shahrida avtotransport vositalarini noto‘g‘ri to‘xtatish holatlariga qarshi nazorat choralari kuchaytiriladi.

Yo‘l harakatini boshqarish markazi trotuarlar, piyodalar o‘tish joylari, jamoat transporti bekatlari va yashil hududlarda qoidalarni buzib to‘xtatilgan avtomobillarga qarshi choralarni faollashtirmoqda.

Bu maqsadda poytaxt ko‘chalariga 120 ta evakuator jalb etilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, asosiy maqsad haydovchilarni jazolash emas, balki piyodalar va jamoat transporti harakati uchun to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat.

Shuningdek, mazkur choralar shahar muhiti xavfsizligi va harakat qulayligini oshirishga qaratilgan.

Avtomobil egalariga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish va transport vositalarini belgilanmagan joylarda qoldirmaslik tavsiya etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar