3 yoshli qizchaning hayoti maxsus qutqaruv operatsiyasi bilan saqlab qolindi

Checheniston Respublikasi Gudermes shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 3 yoshli qizchaning hayotini saqlab qolish bo‘yicha murakkab qutqaruv operatsiyasini amalga oshirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qizcha uy hovlisidagi chuqur teshikka tasodifan tushib ketgan. Eng xavfli jihati shundaki, chuqur ichida karbonat angidrid to‘planib qolgan bo‘lib, bu holat bolaning hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirgan. Bundan tashqari, teshik juda tor bo‘lgani sababli uni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘tarib olishning imkoni bo‘lmagan.
Shu sababli qutqaruvchilar tezkor va xavfsiz reja ishlab chiqib, chuqurning yon tomonidan tunnel qazishdi. Operatsiya davomida ulardan biri maxsus xavfsizlik arqoniga mahkam bog‘langan holda, bosh qismi bilan chuqur ichiga tushib, qizchaga qutqaruv jihozlarini ulashda yordam berdi.
Bir necha daqiqa davom etgan murakkab jarayondan so‘ng, qizcha ehtiyotkorlik bilan yuqoriga olib chiqildi va darhol shifokorlarga topshirildi. Hozirda uning sog‘lig‘i yaxshi ekani ma’lum qilinmoqda.





























Izohlar 0
…