06:34 / 18.06.2019
5 033

May oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

May oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi
2019 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

2019 yil ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 98 780 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 67 338 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 2 044 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 1 081 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, 762 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,5 marta ko‘pdir.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,5 marta, yurguzuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 marta, radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 martaga oshdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » May oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi