17:10 / 15.02.2021
2 839

Endi «tonirovka» narxi ikki baravar arzon bo‘ladimi?

Endi «tonirovka» narxi ikki baravar arzon bo‘ladimi?
Bugun, 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda «tonirovka» narxlari ikki baravarga arzonlashgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati buni asossiz xabar deya izohladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 547-son Qarorning 2-bandi, «v» kichik bandiga ko‘ra:

«M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari:

- orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorini;

- orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorini tashkil etadi» - deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu Qarorning 2-bandi «g» kichik bandiga ko‘ra:

- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda ushbu bandning «v» kichik bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilanadi – deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu qaror talablari ayni vaqtda amalda bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz ma’lumot hisoblanadi.

«Barcha norasmiy sahifalar egalaridan, tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishini eslatib o‘tamiz», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi «tonirovka» narxi ikki baravar arzon bo‘ladimi?