Rossiyada avtomobil zavodlari faoliyati to‘xtatilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

1 daqiqa o'qish2.5K
Rossiyada avtomobil zavodlari faoliyati to‘xtatilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Foto: «Matador.tech»
Rossiyada yengil avtomobillar ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli yarmi to‘xtatildi, deb yozadi «Vedomosti».

Sanksiyalar va rublning qadrsizlanishi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning narxlarni oshirishiga yoki avtomobillar jo‘natishni to‘xtatishiga olib keldi.

Volkswagen Group Rus, Renault, Mercedes, BMW, Hyundai, Toyota kabi kompaniyalar xuddi shunday yo‘l tutishdi.

Hozircha «AvtoVaz», «Avtotor» (Kia va Hyundai modellari yig‘uvi bo‘yicha), Nissan, Haval, «GAZ», «UAZ», Mazda Sollers va Isuzu korxonalari ishlab turibdi.

Ehtimol, biz tez orada sanksiyalar, logistika, butlovchi qismlarning yetishmasligi kabi turli sabablar tufayli Rossiyada mahalliy avtomobil ishlab chiqarish butunlay to‘xtashiga guvoh bo‘larmiz, – deydi «Avtostat» ijrochi direktori Sergey Udalov.

Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Sezilarli darajada. Sababi Rossiya O‘zbekistondagi asosiy avtomobil importchilarining uchtaligiga kiradi.

2021 yili Rossiya O‘zbekistonga 4 539 ta avtomobil jo‘natgan. Bundan ko‘prog‘i faqat Janubiy Koreya (6 472) va Xitoydan (8 880) kelgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Rossiya bilan avtomobil ishlab chiqarish sohasidagi bir necha loyihalar bo‘yicha hamkorlik qiladi.

2020 yili «Uzavtosanoat» va «Folksvagen Grup Rus» Volkswagen va Škoda avtomobillarining yig‘uvini yo‘lga qo‘ygan edi.

2021 yildan beri Jizzax viloyatida Lada Vesta SW, XRAY va Largus avtomobillari yig‘iladi.

Rossiyaga eksport qilish masalasi ham so‘roq ostida qolmoqda – bir kun avval General Motors Amerikada yig‘ilgan Chevrolet avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi, biroq bir nechta Chevrolet modellari mamlakatga O‘zbekistondan olib kelinadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?