O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar—fevral oylarida jami 39 922 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan ikki oy ichida eng ko‘p Lacetti-Gentra avtomobili ishlab chiqarilgan — 12 340 dona. Avvalroq fevral oyining o‘zida 8 124 dona Gentra ishlab chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Lacetti-Gentra — 12 340 dona
Cobalt — 10 787 dona
Damas — 9 283 dona
Nexia T-250 — 2 902 dona
Spark — 890 dona
maxsus yengil avtomobillar — 3 720 dona
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil davomida O‘zbekistonda ikki dona Lacetti-Gentra avtomobili ishlab chiqarilgan. UzAuto Motors 2022 yil 3 martdan boshlab ommabop modellarning shartnomalari yangilanishi — Chevrolet Lacetti-Gentra, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi haqida «Daryo»ga rasman ma’lum qilgandi. Yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlangani e’lon qilingandan so‘ng bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzilgan. Kompaniya xaridorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizga tushirgan. O‘zbekistonda 1 martdan boshlab LADA avtomobillari narxi 3 foizdan 10 foizga oshgan.
Shuningdek, Chevrolet Traverse va Tahoe avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan so‘ng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtma kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko‘ra, 320 dan ortiq buyurtma olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Yevropada qanday baholandi?
JCH-2026 saralashi. Qirg‘iz Respublikasi Eronga qarshi o‘yinda baribir mag‘lub bo‘ldi