
«Rosnano» sobiq rahbari Anatoliy Chubays qayerda? Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Chubaysni kuzatish uchun na imkoniyat, na xohish borligini aytdi.
«Uning chet eldaligi Kremlga ma’lum. U bizda ishlamaydi», — dedi Peskov lo‘nda qilib.
Anatoliy Chubays Rossiya siyosati va taqdirida juda katta rolga ega shaxslardan biri, deya hisoblanadi. Mart oyida Chubays Putinning maxsus vakili lavozimidan bo‘shab, Rossiyani tark etgandi. Bloomberg Chubaysni Ukrainada «harbiy operatsiya» boshlanganidan beri iste’foga chiqqan eng yuqori martabali amaldor, deya ta’riflagandi.
Xorijga chiqib ketgan Chubays avvaliga Turkiyada, bankomatda pul yechayotganiga guvoh bo‘lishgan. Yaqinda internetda tarqalgan suratlarda esa Isroil aeroportida xotini bilan ketayotgani aks etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar