1 419
Ukraina Bosh prokuraturasi Shoygu, Medvedev va Rossiya Xavfsizlik kengashining boshqa a’zolarini so‘roqqa chaqirdi
Vladimir Putin va Dmitriy Medvedev
Foto: «TASS»
Ukraina Bosh prokuraturasi jinoyatda gumonlanuvchilar ro‘yxatini e’lon qildi va Rossiya Xavfsizlik Kengashining bir qator a’zolarini so‘roq qilish uchun ularga chaqiruv qog‘ozi yubordi. Bu haqda boshqarma saytida xabar berildi.
16, 17 va 18 may kunlariga so‘roqqa chaqirilgan shaxslar orasida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko ham bor.
Bundan tashqari Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev, Milliy gvardiya rahbari Viktor Zolotov va Rossiya prezidentining Markaziy federal okrugdagi vakolatli vakili Igor Shegolevga ham chaqiruv qog‘ozi berilgan.
Ukraina Bosh prokuraturasi shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolarini Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish ishi bo‘yicha gumonlanuvchi deb e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga chaqiruv qog‘ozi berilmagan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan sal oldin Rossiya Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olishi e’lon qilingandi. Uchrashuv jonli efirda namoyish etilgan; So‘zga chiqqan Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolari bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi