1,4 million yillik sir ochildi: Boliviya o‘rmonlarida olimlar ilgari noma’lum bo‘lgan mushuk turini topdi

1,4 million yillik sir ochildi: Boliviya o‘rmonlarida olimlar ilgari noma’lum bo‘lgan mushuk turini topdi

Boliviyaning Yungas tog‘ o‘rmonlarida ilgari fanga noma’lum bo‘lgan yovvoyi mushuk turi aniqlandi. Olimlar bu topilmani qariyb 100 yil ichida tasvirlangan birinchi yangi mushuksimon tur sifatida qayd etmoqda.

Ilmiy nomi Leopardus tilcayo bo‘lgan jonivor mahalliy aholi orasida "tilcayo" deb ataladi.

Uning uzunligi taxminan 46 santimetr, vazni esa atigi 1,4 kilogramm. Mo‘ynasi och jigarrang bo‘lib, tanasida noto‘g‘ri shakldagi xolli dog‘lar mavjud.

Yangi tur o‘zining kichik hajmi va o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan boshqa «tigr mushuklari»dan ajralib turadi. Tadqiqotchilar Janubiy Amerikaning turli hududlaridan olingan 38 ta mushukning DNKsini tahlil qilgan. Ular orasida muzeylarda saqlangan sakkizta namuna ham bo‘lgan.

Genetik tadqiqot natijasida ilgari bitta guruh sifatida qaralgan «tigr mushuklari» aslida beshta alohida genetik turdan iborat ekani aniqlangan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Leopardus tilcayo ajdodi boshqa tigr mushuklaridan taxminan 1,4 million yil avval ajralib chiqqan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar