Qarzdorlik evaziga disko-klub binosi xatlovga olindi

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi AMIB ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha qarzdor M.Sh.dan «Agrobank» foydasiga qarzdorlikni undirish choralari ko‘rildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor M.Shokirovga tegishli bo‘lgan noturar bino — disko-klub aniqlandi.
Mazkur ko‘chmas mulk qarzdorlikni qoplashni ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda xatlovga olindi. Bu chora ijro hujjati talablarini amalda ta’minlashga qaratilgan.
Qarzdorlik e’tiborsiz qoldirilsa, mulk ham ijro choralari doirasiga tushishi mumkin. Majburiyatni o‘z vaqtida bajarish — mulkni saqlab qolishning eng to‘g‘ri yo‘li.































Izohlar 0
…