Qidiruv harakatlari davom etmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Joriy yilning o‘tgan davrida 339 nafar qidiruvdagi jismoniy shaxs aniqlanib, ulardan 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi.
- Hozirda 148 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda, ulardan 82 nafari respublika hududida, 66 nafari esa chet elda ekani aniqlangan.
- «AutoCon» tadbirlari doirasida 2,1 mlrd. so‘mlik 109 ta ijro hujjati bo‘yicha 43 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi Qidiruv shu’basi tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyni aniqlash, shuningdek, ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 339 nafar jismoniy shaxs topilib, ulardan 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi.
Hozirda 148 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu shaxslarning 82 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 66 nafari esa turli maqsadlarda chet elga chiqib ketganligi aniqlangan.
Misol uchun, Byuroning Karmana tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan qarzdor A.X. Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbir davomida aniqlandi. U Toshkent viloyatidagi «Qoramurt» YPX posti orqali o‘tib, Qibray tumanida yollanma ishda ishlab yurgan vaqtida ushlandi.
Mazkur qarzdorning 12 mln 639 ming so‘m miqdorida to‘lanmagan aliment qarzdorligi mavjudligi sababli JIB Navbahor tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47⁴-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.
Shuningdek, Qidiruv shu’basi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda «AutoCon» tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Tadbirlar davomida 2,1 mlrd. so‘mlik 109 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlar nomidagi 43 ta avtotransport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shu bilan birga, 603 mln. so‘mlik 71 ta ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlandi.
Ma’muriy jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan tahlil qilinib, mahallalar kesimida manzilli ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda ushbu yo‘nalishdagi tezkor qidiruv tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…