Begona insonlarni quchoqlab, amerikalik ayol katta daromad topmoqda

Begona insonlarni quchoqlab, amerikalik ayol katta daromad topmoqda

AQSHning Nyu-York shahrida yashovchi Ella Lav oddiy kasbidan voz kechib, insonlar o‘rtasidagi jismoniy yaqinlikka asoslangan g‘ayrioddiy biznesni yo‘lga qo‘ydi. U professional quchoqlash xizmatini ko‘rsatib, bu orqali yiliga sezilarli daromad olishini aytgan.

Ella avval o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik esa insonlarga xavfsiz va kelishilgan chegaralar doirasida quchoqlash orqali iliqlik hissini taqdim etishni kasbga aylantirgan.

Uning ma’lum qilishicha, omadli yillarda daromadi 100 ming dollargacha yetadi. O‘rtacha yillik tushumi esa taxminan 60 ming dollar atrofida bo‘ladi.

Xizmatdan foydalanuvchilar bilan har bir sessiyadan oldin aniq qoidalar belgilanadi. Jarayon davomida shaxsiy chegaralarga qat’iy amal qilinib, xizmat faqat oldindan kelishilgan doirada ko‘rsatiladi.

Ellaning aytishicha, bunday uchrashuvlar ayrim insonlarga xavfsiz muhitda jismoniy yaqinlik va iliq muloqot hissini tuyish imkonini beradi.

G‘ayrioddiy kasb orqali daromad topayotgan amerikalik ayolning hikoyasi insonlar hatto odatiy qarashlarga sig‘maydigan xizmatlarni ham talabga mos biznesga aylantira olishini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar