Qarzdorlikning chorasi: BYD Han avtomashinasi xatlovga olindi

Qarzdorlikning chorasi: BYD Han avtomashinasi xatlovga olindi

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi AMIB ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha qarzdor MCHJdan «Hamkorbank» foydasiga qarzdorlikni undirish choralari ko‘rildi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor MCHJga tegishli bo‘lgan «BYD Han» rusumli avtomashina aniqlandi.

Mazkur avtotransport vositasi qarzdorlikni undirishni ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda xatlovga olindi. Bu chora ijro hujjati talablarini amalda ta’minlashga qaratilgan.

Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa majburiy ijro choralari ham qo‘llanilishi mumkin.

Avtomobil qimmat bo‘lishi mumkin, ammo majburiyat undan ham muhim. Qarzni o‘z vaqtida to‘lash — mulkka nisbatan cheklovlarning oldini oladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar