Samolyotda janjal ko‘targan 67 yoshli yo‘lovchi o‘rindig‘iga skotch bilan bog‘lab qo‘yildi

Samolyotda janjal ko‘targan  67 yoshli  yo‘lovchi o‘rindig‘iga skotch bilan bog‘lab qo‘yildi

AQSHda 67 yoshli yo‘lovchi samolyot bortida tartibsizlik keltirib chiqarib, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini haqorat qilgan. Vaziyat shu darajaga yetganki, uni o‘rindig‘iga yopishqoq lenta va plastik bog‘ichlar yordamida mahkamlashga to‘g‘ri kelgan.

"The Guardian" xabariga ko‘ra, hodisa 3-sentyabr kuni American Airlines aviakompaniyasining 618-reysida yuz bergan. Dallasdan Nyu-Jersidagi Nyuark shahriga uchayotgan samolyot voqea sababli Baltimor/Vashington Turgud Marshall xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.

Vaziyatni jilovlashda sobiq huquq-tartibot xodimi Xuan Mexia ham yordam bergan. Mexianing aytishicha, Leyn Lundin ekipaj a’zolari va boshqa yo‘lovchilarga nisbatan qo‘pol, irqiy hamda ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Yana bir yo‘lovchi Richard Olenik esa Lundin atrofidagi yo‘lovchini va vaziyatga aralashishga uringan ayolni urishga harakat qilganini bildirgan.

Shundan keyin Lundin birinchi klassdagi o‘rindig‘iga skotch va plastik bog‘ichlar bilan mahkamlangan. Biroq Olenikning so‘zlariga ko‘ra, u shundan keyin ham qarshilik ko‘rsatishda davom etgan.

Samolyot qo‘ngach, Lundin hibsga olingan. Unga ikkinchi darajali hujum va tartibsizlik sodir etish ayblovlari qo‘yilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar