date
views 1 593

Josuslik dasturi tufayli razvedka rahbari ishdan ketdi

Josuslik dasturi tufayli razvedka rahbari ishdan ketdi
Foto: Pexels / Russpain
Ispaniya milliy razvedka markazining rahbari Pas Esteban lavozimidan olindi.

«Seksta» telekanali xabariga ko‘ra, Ispaniya ommaviy axborot vositalari Kataloniya mustaqilligining 60 dan ortiq taniqli tarafdorlari, xususan, Kataloniya jeneraliteti prezidenti Pere Aragones «Pegasus» josuslik dasturi orqali kuzatilgani to‘g‘risida yozgan.

Qolaversa, «Pegasus» vositasida Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hamda mudofaa vaziri Margarita Roblesni kuzatishga urinishgan.

2020 yildan beri milliy razvedkani boshqarayotgan Pas Esteban ushbu lavozimga tayinlangan ilk ayol kishi edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Josuslik dasturi tufayli razvedka rahbari ishdan ketdi