NASA Starliner kosmik kermisiga tayanyapti, chunki SpaceX oʻz ishini yakunlaydi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- NASA, SpaceX'ning 2030-yilga qadar Crew Dragon ekspluatatsiyasini yakunlash rejalari sababli, Boeing'ning Starliner kosmik kemasi uchun ikkita qo'shimcha boshqariladigan missiyaga buyurtma bermoqchi.
- Garchi Starliner dasturi o'tmishda bir qator texnik nosozliklar va xavfli vaziyatlarni boshdan kechirgan bo'lsa-da, jumladan 2024-yil iyun oyidagi ilk boshqariladigan sinovda dvigatel nosozligi sababli astronavtlar xavf ostida qolgan bo'lsa-da, agentlik kelgusida Xalqaro kosmik s…
AQSh Milliy aeronavtika va kosmik boshqarmasi (NASA) tez orada Boeing kompaniyasining Starliner kosmik kemasi uchun yana ikkita qoʻshimcha boshqariladigan missiyaga buyurtma berishni rejalashtirmoqda. Ars Technica manbalariga koʻra, ushbu qaror SpaceX kompaniyasining oʻzining mashhur Crew Dragon kemasidan voz kechish niyatida qat'iyligi ortidan qabul qilinmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ma'lum boʻlishicha, SpaceX rahbariyati 2030-yilga borib yoki undan ham ertaroq Crew Dragon ekspluatatsiyasini toʻlaqonli yakunlash niyatida ekanini ochiq-oydin ma'lum qilgan. Kompaniya prezidenti va bosh direktori Gvinn Shotuell kelgusidagi parvozlarni kafolatlashdan bosh tortib, hukumat boshqa yetkazib beruvchi — Boeing bilan ham ishlashi kerakligini ta'kidlagan.
Starliner dasturining xatarlari va oʻtmishdagi nosozliklar
NASAning Starliner kemasiga tikayotgan tikishlari mutaxassislar tomonidan jiddiy xatatar sifatida baholanmoqda. Mazkur kema oʻtgan davr mobaynida bir qator muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirdi. Jumladan, 2019 va 2022-yillardagi sinov parvozlarida koʻplab jiddiy texnik nuqsonlar aniqlangan edi.Vaziyat 2024-yil iyun oyida ilk boshqariladigan sinov vaqtida yanada keskinlashdi. Oʻshanda dvigatellardagi nosozlik tufayli astronavtlar Butch Uilmor va Sunita Uilyams halokat yoqasiga kelib qolgan edi. Biroz oʻtib, NASA ushbu parvozni eng yuqori «A» toifasidagi favqulodda hodisa deb rasman e'lon qildi.
Kelajakdagi vazifalar va moliyalashtirish
Eslatib oʻtamiz, oʻshanda xavfsizlik nuqtai nazaridan astronavtlarni Yerga qaytarish uchun aynan raqobatchi SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kemasidan foydalanishga toʻgʻri kelgan edi. Shunga qaramay, agentlik qariyb olti oydan soʻng yana Boeing kompaniyasini oʻzining asosiy pilotli dasturi markaziga qaytarishga majbur boʻlmoqda.Yangi kelishuvga koʻra, NASA nafaqat qoʻshimcha parvozlarga buyurtma beradi, balki Starliner dvigatel tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish hamda uni yangi raketa yordamida uchirish uchun sertifikatlash jarayonlarini qisman moliyalashtiradi. Ushbu qadam kelgusida Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlarni eltishda muqobillikni saqlab qolish uchun zaruriy chora sifatida koʻrilmoqda.






























Izohlar 0
…