NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga a’zolik masalalarini muhokama qildi. U tvitter sahifasida muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.
Stoltenberg suhbat chog‘ida blokning ochiq eshiklar siyosati muhimligini ta’kidlaganini qayd etdi. «Biz alyansdagi barcha a’zolarning xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarini hisobga olish zarurligiga kelishib oldik», deydi u.
Yakunda bosh kotib tomonlar yechim topish uchun muzokaralarni davom ettirishga kelishib olganliklarini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 16 may kuni Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shvetsiya hamda Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lib kirishiga qarshi ekanini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar