Farangiz Abdazova 25 yoshni o‘g‘li bilan qarshi oldi (video)

Farangiz Abdazova 25 yoshni o‘g‘li bilan qarshi oldi (video)

Aktrisa Farangiz Abdazova 25 yoshni qarshi olganini Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. U tug‘ilgan kunini bu yil o‘zgacha kayfiyatda nishonlayotganini bildirib, hayotidagi eng katta va qadrli yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Aktrisa sahifasiga joylagan videosi ostiga: “Bu yil tug‘ilgan kunim boshqacha. Men endi faqat qiz emasman, men ONAMAN. Bu safar yangi yoshimga yolg‘iz emas, o‘g‘lim Samir bilan kiryapman. 25 yoshimning eng go‘zal sovg‘asi — SEN. Xush kelibsan, yangi yoshim”, deya yozib qoldirgan.

Farangizning ushbu samimiy so‘zlari muxlislarida ham iliq taassurot qoldirdi. Izohlarda aktrisani tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga va farzandiga baxt, sog‘lik hamda oilaviy xotirjamlik tilaklari bildirilgan.

Aktrisa uchun bu tug‘ilgan kun nafaqat yangi yoshning boshlanishi, balki onalik baxtini his qilayotgan davrga to‘g‘ri kelgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Ma’lumot uchun, Farangiz Abdazova 2001 yil 3 sentyabr kuni tug‘ilgan. Aktrisa 8 avgust kuni ilk bor ona bo‘lgan va o‘g‘liga Samir deb ism qo‘yishgan. U My5 telekanalining tasvirchisi Sirojiddin Hoshimjonov bilan turmush qurgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar