00:42 / 27.05.2022
1 549

Qrimda ingliz tilini maktab darsliklaridan chiqarib tashlash taklif qilindi

Qrimda ingliz tilini maktab darsliklaridan chiqarib tashlash taklif qilindi
Vladimir Konstantinov
Foto: «Crimea.gov.ru»

Qrim Davlat kengashi spikeri Vladimir Konstantinov maktab o‘quv dasturidan ingliz tilini chiqarib tashlashni va buning o‘rniga «o‘z tillarini» o‘rganishni taklif qildi.

«Tillar — men uchun juda munozarali masala: nega biz ko‘r-ko‘rona ingliz tili yo‘lidan borishimiz kerak? Londonga hech qachon bormaydigan bo‘lsa, odam keraksiz narsani o‘rganib nima qiladi?» — dedi Konstantinov 25 may kuni jurnalistlarga.

«Birovlarning sivilizatsiyasiga ahmoqona tarzda ergashish xavfli. Biz bolani siquvga olamiz, u men ingliz tilini bilaman, deydi, men esa o‘zi Angliya qanaqa deb hayron bo‘laman. O‘zimizning tillarimizni o‘rganaylik, ularni rivojlantiraylik!» — deya qo‘shimcha qildi u. «Britaniyaliklar biz bilan ming yil davomida urush olib bordi, biz esa ularning tilini o‘rganishni davom ettiryapmiz, o‘qituvchilarga pul sarflayapmiz, vaqtni behuda sovuryapmiz — keyin tarixga vaqt yetmayapti».

Konstantinovning ta’kidlashicha, uning o‘zi maktabda ingliz tilini o‘rganmagan, lekin biznesga bog‘liq zarurat paydo bo‘lgani sabab ikki yil ichida uni o‘zlashtirgan. Kerakli tillarni o‘rganish uchun xitoy, fransuz, ingliz va boshqa tillarda kurslarni tashkil qilish mumkin — ushbu tillarga haqiqatan ham ehtiyoji bor odamlar ularni kurslardan o‘zlashtiradi, deb hisoblaydi Qrim Davlat kengashining spikeri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimda ingliz tilini maktab darsliklaridan chiqarib tashlash taklif qilindi