Rossiya va Xitoy strategik bombardimonchi samolyotlarining Tinch okeani uzra qo‘shma jangovar patruli 24 may kuni AQSH, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya prezidentlarining Tokiodagi uchrashuviga to‘g‘ri kelgani bejiz emas, deb hisoblaydi harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenko.
Vashingtonning harbiy-siyosiy keskinlik va mintaqaviy harbiy mojarolar zonalarini yaratish istagi Rossiya Federatsiyasi va Xitoy mamlakatlari xavfsizligi va suverenitetiga tahdid soladi. Shu bois, Moskva va Pekin AQSHning agressiv tashqi siyosatiga birgalikda va barcha vositalar, jumladan, strategik yadro qurollari bilan javob berishga birdek tayyor.
Rossiya Havo-kosmik kuchlari va Xitoy harbiy-havo kuchlarining Tu-95MS va Xun-6K strategik bombardimonchi-raketa tashuvchi samolyotlari 24-may, seshanba kuni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qo‘shma rejali patrul xizmatini o‘tkazdi.
“Strateglar”ni Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyotlari himoyasi ostida parvoz qilgan. Yo‘nalishning ma’lum bosqichlarida Rossiya-Xitoy havo guruhiga Yaponiya va Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlarining F-15 va F-2 samolyotlari hamrohlik qildi.
Raketa tashuvchilar 13 soat ichida Yapon dengizi, Sharqiy Xitoy va Filippin dengizlarini kesib o‘tdi, ya’ni AQSH, Yaponiya va Avstraliya harbiy bazalarida (gipotetik jihatdan yetib borsa bo‘ladigan - Yokosuka, Guam, Pearl-Harbor, Garden oroli va boshqalar)uzoq masofali qanotli raketalarni uchirish pozitsiyalariga doimiy ravishda kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Rossiyaning Tu-95MS samolyoti bortida 5500 km uzoqlikdagi 16 tagacha X-101 yoki X-102 (termoyadroviy kallakli) qanotli raketalar olib yurishga qodir. Dunyoda uning muqobili yo‘q. Jang sharoitida bitta Tu-95MS raketa tashuvchisi havoga qarshi mudofaa zonasiga kirmasdan dushmanning bir nechta harbiy bazalari yoki shaharlarini yo‘q qilishi mumkin.
Xitoyning Xun-6K raketa tashuvchisi 3000 km gacha bo‘lgan masofaga oltita CJ-10K (CJ -10A) strategik qanotli raketalarni olib yurishga qodir. Rossiya-Xitoy havo guruhining umumiy jangovar salohiyati “mobil Armageddon”ga o‘xshaydi.
Rossiya Federatsiyasi va Xitoy raketa tashuvchilari neytral suvlar ustida havo hududidan foydalanishning xalqaro qoidalariga ko‘ra harakat qildi va boshqa davlatlarning chegaralarini buzmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, qo‘shma patrullar uchinchi davlatlarga qarshi yo‘naltirilmagan, Xitoy harbiy idorasi esa bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Xitoy va Rossiya strategik aviatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini oshirish ekanligi deya xabar berdi.
Shunday qilib, texnologik va ixcham tarzda Moskva va Pekin Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi o‘z manfaatlari va imkoniyatlarini belgilab oldi, harbiy operatsiyalarning ehtimoliy teatrini (HOT) baholadi. Bu Rossiya va Xitoy uchun harbiy-siyosiy muammolar yaratishga urinayotgan Vashingtonga ma’lum bir signal bo‘ldi.
Oq uydagi vahima
Amerikaliklar Rossiya-Xitoy ogohlantirishini o‘z ko‘ngillariga juda yaqin olgan holda munosabat bildirishdi. AQSH ma’muriyati yuqori martabali mulozimining Fox News telekanali efirlaridan birida aytishicha, Rossiya va Xitoy prezident Baydenning Sharqiy Osiyoga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi “chegarasiz” strategik sheriklik qanchalar jiddiyligini ko‘rsatish uchun “yadro kallakli bombardimonchilarini uchirgan”.
“Rossiya Ukrainaga shafqatsiz munosabatda bo‘lsa ham, Xitoy Hind-Tinch okeani mintaqasida Rossiya bilan harbiy hamkorlikni davom ettirmoqda”, - deydi mulozim.
Vashingtonning bayonot berishicha, “AQSHning ittifoqchilari va hamkorlarini qo‘rqitishga urinishlar faqat kollektiv qat’iyatni kuchaytiradi”. Qiziq, Oq uy Moskva va Pekinga qarshi bir qator harbiy tahdidlardan keyin nima kutishgan edi?
AQSH va uning ittifoqchilari qurol, o‘q-dorilar, razvedka ma’lumotlari va “mutaxassislar” bilan ta’minlash bilan Ukraina hududida Rossiya bilan proksi-urush olib bormoqda.
AQSH prezidenti Jo Bayden 23 may kuni, agar Xitoy bostirib kirsa, Amerika armiyasi Tayvanni himoya qilishini aytdi. Va bu Uchinchi jahon urushi sari qadamdir. Eslatib o‘tish joiz, Tayvanning “ajralib ketgan” provinsiyasi XXRning huquqiy va ajralmas qismi hisoblanadi, orol “davlatchilik” sifatida BMTda vakil emas va dunyoning 15 ta davlati tomonidan tan olingan xolos.
Aftidan, Vashington “yagona Xitoy” siyosatiga sodiqdek ko‘rinadi, biroq Tayvan hududiy masalasidan Pekinga bosim o‘tkazish uchun foydalanyapti. AQSH Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi vaqtida Kiyev rejimini qurol bilan ta’minlash tajribasini inobatga olgan holda orol aholisini faol ravishda qurollantirmoqda. AQSH Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari, bir nechta raketa uchirgichlari, kemalarga qarshi qurollar va hatto harbiy razvedka va’da qilyapti.
Xitoy qurolli kuchlari AQSHga “jiddiy ogohlantirish” sifatida Tayvan oroli yaqinidagi suvlarda manevrlar o‘tkazdi.
Avvalroq Xitoy samoletlari Janubiy Xitoy dengizida Amerikaning Theodore Roosevelt aviatashuvchi kemasiga CH-AS-X-13 gipertovushli raketalari bilan 1500 km masofaga zarba berishni mashq qilgan edi.
Va Rossiya-Xitoy strategik raketa tashuvchilar guruhining Tinch okeani ustida paydo bo‘lishi tabiiydek. Tajovuzkor provokator qo‘llari va boshidan ham qattiq zarba olishi mumkin.
“Gegemon”ning mintaqadagi to‘poloni
To‘rt tomonlama xavfsizlik dialogiga (QUAD- Quadrilateral Security Dialogue) a’zo davlatlar rahbarlari Tokioda Xitoyning kuchayib borayotgan ta’siriga qarshi turishni muhokama qilishmoqda. Biroq AQSH sammitdan yangi harbiy koalitsiya tuzishda foydalanmoqda. Uning asosiy maqsadi Hind-Tinch okeani mintaqasida Amerikaning mavjudligini kuchaytirish va har qanday holatda ham Xitoyni “tiyib turish”dir.
Qurolli to‘qnashuvlar ham istisno etilmaydi. Yaponiya, Hindiston va Avstraliya resurslari hisobiga amerikaliklar XXRni iqtisodiy va harbiy-siyosiy “bo‘g‘ish” tizimini ya’ni “qamal halqasini” tashkil etish niyatida. Shunga o‘xshash Yevropa konfiguratsiyasi - NATO davlatlari va Ukraina - Vashingtonning Rossiyaga qarshi siyosatini amalga oshirish uchun juda samarali vositadir.
Rossiya va Xitoyga qarshi bo‘lgan Yaponiya hukumati Amerikaning mintaqadagi manfaatlarini harbiy yo‘l bilan himoya qilishga tayyor.
Avvalroq AQSH Avstraliya bilan uning hududida yangi Amerika harbiy-dengiz va havo bazalarini qurish bo‘yicha kelishib olgan edi.
Hindiston AQSHning satelliti emas va “katta to‘rtlik”ka oldindan aytib bo‘lmaydigan elementni kiritadi, ammo Dehli va Pekin o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat QUAD formatidagi hamkorlik uchun asos yaratadi.
“Katta to‘rtlik” konseptsiyasi “chegara bilmas Xitoy dunyosi” dan farqli o‘laroq, “ochiq, erkin va xavfsiz” Hind-Tinch okeani mintaqasining “qoidalarga asoslangan” rivojlanishidir.
Xitoy QUAD ishtirokchilarini asossiz ayblovlar bilan chiqmaslikka va blok yaratmaslikka chaqirmoqda, chunki bu chindan ham mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi. Bundan tashqari, AQSH bir vaqtning o‘zida ikkita derjavani - Xitoyni (“strategik chaqiriq”) va Rossiyani (“tezkor tahdid”) dushman etib tayinladi.
Vashingtonning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi xavfli g‘imir-g‘imir harakatlari Pekin va Moskvani harbiy-strategik hamkorlikni mustahkamlashga, Yevroosiyo qit’asi, okeanlar va koinotda yangi xavfsizlik vositalarini shakllantirishga undamoqda. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”