Starmer 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashini e’lon qildi

Starmer 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakatda bolalarni onlayn muhitdan himoya qilishga qaratilgan yangi tashabbusni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda The Guardian ma’lum qildi.

Mazkur cheklovlar Snapchat, TikTok, YouTube, Instagram, Facebook va X kabi mashhur platformalarni qamrab oladi. Yangi qoidalar 2027 yil bahorida kuchga kirishi mumkin.

Shuningdek, hukumat voyaga yetmaganlar uchun onlayn xizmatlarning ayrim funksiyalarini cheklashni ham ko‘zda tutmoqda. Jumladan, jonli efirlar (striming), notanishlar bilan muloqot qilish imkoniyati va ayrim o‘yin platformalaridagi elementlar nazorat ostiga olinadi.

Kir Starmerning ta’kidlashicha, hukumat bu qaror orqali “texnologik kompaniyalar emas, balki oilalar tomonida turishni” maqsad qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad — bolalarga haqiqiy bolalikni qaytarish va ularni zararli kontent hamda xavfli onlayn ta’sirlardan asrashdir.

Bu tashabbus jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar