22:49 / 01.06.2022
1 578

Zelenskiy Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi

Zelenskiy Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi
Foto: AP Photo
Ukraina uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni Rossiyadagi nishonlarga hujum qilish maqsadida emas, balki o‘z mudofaasi uchun so‘ramoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Newsmax nashriga bergan intervyusida gapirdi.

«Rossiyada bo‘layotgan voqealar bizni qiziqtirmaydi. Bizni faqat o‘z hududimiz tashvishlantiradi», — dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozir butun dunyo uchun «mudofaa perimetri» rolini o‘ynamoqda, Kiyev o‘z hududlarini berib qo‘ymaydi. «Biz hech qaysi hududimizni berishga tayyor emasmiz: bu bizning mustaqilligimiz, suverenitetimiz, masala shunda», — dedi u.

Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, «ayrim hududlarda baʼzi qiyinchiliklar» muhokama qilinishi mumkin, bu harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun zarur.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozir eng qiyin vaziyat Ukraina sharqida, Donesk va Lugansk viloyatlarida shakllanmoqda. «Janglarda har kuni 60-100 nafar askarni yo‘qotyapmiz, 500 ga yaqin askarimiz yaralanmoqda», — deydi u. Davlat rahbari bir necha kun avval Donbassdagi vaziyat o‘ta og‘ir ekanini aytib, Ukraina Qurolli kuchlari hujumni to‘xtatib turishini taʼkidlagandi.

Ukraina hukumati bir necha bor mamlakatga mudofaa va Rossiya zarbalariga javob berish uchun M142 HIMARS va M270 MLRS baravar o‘t ochuvchi raketa tizimlari kerakligini taʼkidlagan, ammo Vashington Kiyevga bunday qurollarni berishdan bosh tortgan. AQSH jumladan Ukraina harbiylari ushbu qurollardan Rossiya hududini o‘qqa tutish uchun foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri G‘arb davlatlari va NATO Kiyevga bir necha bor qurol-yarog‘ yetkazib bergan, biroq ayni paytda ular Moskvaning reaksiyasidan qo‘rqib, anchadan buyon og‘ir texnikalar jo‘natishdan tiyilmoqda.

31 may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington Kiyevga Rossiya hududiga yetib bora oladigan raketa komplekslarini bermasligini aytgan edi. Ertasi kuni The New York Times gazetasiga bergan bayonotida u Kiyevga «jang maydonidagi asosiy nishonlarga aniqroq zarba berish» imkonini beradigan ilg‘or raketa tizimlari va o‘q-dorilar yetkazib berilishini eʼlon qildi.

Oq uy Ukrainaga M142 HIMARS MLRSni o‘z ichiga olgan yangi 700 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etishini aytdi. Bayden maʼmuriyati Ukraina harbiylari ulardan Rossiyadagi nishonlarga zarba berishda foydalanmasligi kerakligini taʼkidladi.

Rossiya TIV Ukrainaga Rossiya hududiga yetib bora oladigan qurol-yarog‘ yetkazib berilishi «keskinlashuv sari katta qadam» bo‘lishidan ogohlantirgan. Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlardan Ukrainani qurol-yarog‘ bilan taʼminlashni bas qilishni talab qilgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi