06:30 / 07.06.2022
1 685

Putin: G‘arbning ko‘p yillik xatolari inflyatsiya to‘lqinini keltirib chiqardi

Putin: G‘arbning ko‘p yillik xatolari inflyatsiya to‘lqinini keltirib chiqardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning iqtisodiy siyosatdagi sanksiyalari va ko‘p yillik xatolari global inflyatsiya, qashshoqlik o‘sishi va oziq-ovqat taqchilligiga olib kelganini ma’lum qildi.

G‘arb mamlakatlarining iqtisodiy siyosatdagi ko‘p yillik xatolari va noqonuniy sanksiyalari global inflyatsiya to‘lqini, odatiy logistik va ishlab chiqarish zanjirlarining barbod bo‘lishi, qashshoqlikning keskin o‘sishi va oziq-ovqat taqchilligiga olib keldi. Biroq chaqiriqlar bilan bilan birga istiqbollar ochiladi. Aynan shuning uchun forumning – “Yangi dunyo – yangi imkoniyatlar” shiori dolzarbdir”, - deyiladi Putinning XXV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) tashkilotchilari, ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan murojaatida.

Shuningdek, Putin 2020 yillar Rossiya uchun iqtisodiy suverenitetni mustahkamlash davri bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Bu yilgi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 15-18 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: G‘arbning ko‘p yillik xatolari inflyatsiya to‘lqinini keltirib chiqardi