13:00 / 07.06.2022
1 501

Ukrainada ingliz tiliga rasmiy maqom berilishi mumkin

Ukrainada ingliz tiliga rasmiy maqom berilishi mumkin
Foto: “AiF”
Ukrainada biznesni rivojlantirish va yevrointegratsiyani tezlashtirish uchun ingliz tiliga ish yuzasidan muloqot tili maqomini berish imkoniyati muhokama qilinmoqda. Ushbu masala hukumat yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan, deb yozadi “Kommersantʼ” mamlakat bosh vaziri Denis Shmigalga tayanib.

Sohaga aloqador vazirliklarga takliflarni ishlab chiqish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish topshirilgan. «Ingliz tili bugungi kunda butun sivilizatsiyalashgan dunyoda ishbilarmonlik bo‘yicha muloqotda qo‘llaniladi, Ukrainada unga bunday maqomning berilishi biznesni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va yevrointegratsiyani tezlashtirish imkonini beradi», — deb yozdi Shmigal o‘z Telegram-kanalida.

2019 yildan buyon Ukrainada «Ukrain tilining davlat tili sifatida mavjud bo‘lishini taʼminlash to‘g‘risida»gi qonun amal qilib keladi. U ukrain tilining shaxsiy muloqot va diniy marosimlardan tashqari, hayotning deyarli barcha sohalarida qo‘llanilishini ko‘zda tutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada ingliz tiliga rasmiy maqom berilishi mumkin