Bayden: «Zelenskiy hujum haqidagi ogohlantirishlarni eshitishni xohlamagandi»

1 daqiqa o'qish1.4K
Bayden: «Zelenskiy hujum haqidagi ogohlantirishlarni eshitishni xohlamagandi»
Foto: AP / Evan Vucci
AQSH prezidenti Jo Baydenning 10 iyun, juma kuni Los-Anjelesdagi xayriya qabulida ma’lum qilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonning Rossiya hujumi vaqti yaqinlashib kelayotgani haqidagi ogohlantirishlariga e’tibor bermagan.

«Ko‘pchilik meni bo‘rttirib gapiryapti deb o‘ylaganini bilaman, - dedi Bayden jurnalistlar bilan suhbatda. - Ammo men qo‘limizda ma’lumotlar borligini bilardim, buni tasdiqlovchi axborotlar mavjud edi».

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin chegarani kesib o‘tishni rejalashtirgandi. Bunga hech qanday shubha yo‘q edi, Zelenskiy esa, xuddi ko‘pchilik kabi, bu haqda eshitishni xohlamadi. Nega ular buni eshitishni istamaganini tushunaman, lekin u (Vladimir Putin) hujumni amalga oshirdi».

24 fevral kuni Putin mamlakatga qarshi «maxsus operatsiya» o‘tkazilishini e’lon qilishidan bir necha hafta oldin, AQSH Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishga tayyorlanayotgani ehtimoli yuqori ekanligiga ishora qilgandi. Fevral oyi o‘rtalarida BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqqan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya harbiy kuchlarining to‘planishi «yaqin kunlarda» hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat berishini ta’kidlagandi.

G‘arbning ayblovlariga javoban Moskva bir necha bor bunday niyati yo‘qligini bildirgan va NATOni Ukrainani qurollantirish va Rossiya chegaralari yaqinida mashg‘ulotlar o‘tkazishda ayblagandi.

14 fevral kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov Kiyev Rossiyaning keng ko‘lamli bostirib kirishi xavfini «na 16 fevralda, na 17 fevralda ko‘rmayotganini» aytgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?