Natalya Poklonskaya Rossiya bosh prokurorining maslahatchisi etib tayinlandi

1 daqiqa o'qish2.1K
Natalya Poklonskaya Rossiya bosh prokurorining maslahatchisi etib tayinlandi
Foto: «RIA Novosti»
Natalya Poklonskaya Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Igor Krasnovning maslahatchisi lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

«Men ijtimoiy sahifalarimni yuritishni va har qanday ommaviy faoliyatni to‘xtataman. Endi ‘Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi to‘g‘risida’gi Federal qonunga muvofiq Rossiya bosh prokurori tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish bilan shug‘ullanaman», — dedi Poklonskaya.

Qrimning sobiq prokurori va Davlat dumasi deputati, avval «Rossotrudnichestvo» rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan Natalya Poklonskaya, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini ochiqchasiga tanqid qilgan deyarli yagona rossiyalik amaldor bo‘ldi. 13 iyun kuni uning «Rossotrudnichestvo» rahbari o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilgani xabar qilindi.

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, Poklonskaya Rossiya bosqinini «falokat» deb atagan, ruslar va ukrainaliklarni «bir-biriga nisbatan nafrat qo‘zg‘atadigan bu jinnilikni to‘xtatishga» chaqirgan hamda Z harfi Rossiya bosqinining asosiy belgisiga aylanganini — bu «Rossiya uchun ham, Ukraina uchun ham fojia va qayg‘u» ekanini aytgan.

Natalya Poklonskaya — asli Ukrainaning Voroshilovgrad (Lugansk) viloyatidan. Uning tug‘ilgan qishlog‘i 2014 yildan keyin LXR nazorati ostiga o‘tdi. Poklonskaya bolaligidanoq Qrimda yashagan. U prokuraturada ishlagan, Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan keyin Qrim prokurori bo‘lgan. Ukrainada Poklonskaya davlatga xiyonatda ayblangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?