Italiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari Ukrainaga yetib keldi

1 daqiqa o'qish1.2K
Italiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari Ukrainaga yetib keldi
Foto: RaiNews24
Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya federal kansleri Olaf Shols Ukrainaga yetib keldi. Bu haqda Italiyaning RaiNews24 telekanali xabar berdi.

«Yevropa yetakchilari allaqachon Ukraina hududida bo‘lib turibdi», — deya ma’lum qildi tonggi xabarlar boshlovchisi.

Telekanal Dragi, Makron va Sholsning fotosuratini namoyish qildi, unda ular poyezdda stol atrofida o‘tirib, norasmiy muhitda muloqot qilayotganini ko‘rish mumkin. Shu ma’lumotga qaraganda, ular Kiyevga Varshavadan kirib kelayotgan bo‘lishi mumkin.

Dragi, Makron va Shols Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida 11 iyun, shanba kuni Germaniyaning Bild am Sonntag gazetasi Ukraina va Fransiya hukumat doiralaridagi manbalariga tayanib xabar bergandi. Keyinroq jurnalistlar ular Ukraina poytaxtiga 16 iyun, payshanba kuni ertalab poyezdda yetib kelishidan xabar topdi.

Ushbu safar haqida xavfsizlik yuzasidan hech qanday rasmiy axborot tarqatilmagan.

Avvalroq Europe 1 manbalari Makronning yaqin haftalarda kutilayotgan Kiyevga safari haqida xabar bergan edi. Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tashrif chog‘ida Fransiya rahbari Ukrainaga yana oltita 155 millimetrli Caesar o‘ziyurar artilleriya moslamalari topshirilishi haqida e’lon qilishi mumkin. Bunday qurollarning birinchi oltitaligi aprel oyining oxirida Kiyevga yetkazilgan.

Aprel oyida La Repubblica ham Dragining Ukrainaga ehtimoliy tashrifi haqida yozgan edi.

May oyida Shols Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerdan oldin Kiyevga kela olmasligini aytgan edi. Shtaynmayer aprel oyida Polsha, Litva, Latviya va Estoniya prezidentlari bilan birga Ukraina poytaxtiga kelmoqchi bo‘lgan, biroq uning Ukrainaga tashrifi rad etilgan. Bild manbalariga ko‘ra, bunga Germaniya prezidentining Rossiya bilan «yaqin aloqalari» va «Shimoliy oqim 2»ni qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lgan.

Shols Ukrainada jangovar harakatlar boshlanganidan beri Kiyevga tashrif buyurmagani uchun tanqid qilindi. Ukraina elchisi Andriy Melnik «Germaniya siyosatining sustligi» haqida gapirdi, uning fikricha, Rossiya bosqini boshlanganidan beri Germaniya federal hukumatining birorta vakili ham mamlakatga tashrif buyurmagani shundan dalolat beradi.

Shundan so‘ng Zelenskiy kanslerga 9 may kuni Kiyevga kelishni taklif qildi, biroq tashrif amalga oshmadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?