Ukraina rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy qildi

1 daqiqa o'qish979
Ukraina rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy qildi
Ukraina 2022 yil 1 iyuldan boshlab rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi, deb xabar berdi Forbes.

Zelenskiyning bildirishicha, u Ukraina vazirlar mahkamasiga Rossiya fuqarolari uchun mamlakatga kirish rejimini ko‘rib chiqishni taklif qilgan va bu boradagi qaror 17 iyun kuni qabul qilinishi lozim.

Zelenskiy viza rejimi joriy etilishini Ukraina «milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan misli ko‘rilmagan tahdidlarga qarshi kurash chorasi» deb atadi.

Mamlakat vazirlar mahkamasi Ukraina va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki mamlakat fuqarolarining vizasiz harakatlanishi to‘g‘risidagi kelishuvning bekor qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilishi lozim.

Rossiyaliklar uchun viza joriy etish taklifi shu yilning 11 fevralida internetda petitsiya ko‘rinishida paydo bo‘lgandi. Zelenskiy buni may oyi oxirlarida qo‘llab-quvvatladi va bosh vazir Denis Shmigalga bu masala ustida ish olib borish topshirig‘ini berdi.

Rossiya bilan viza rejimini joriy etish va diplomatik munosabatlarni uzish taklifi Oliy rada deputatlari tomonidan 2014 yilda ham berilgan, ammo o‘shanda bu taklif amalga oshmagandi.

«Davlatimizning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qaratilgan misli ko‘rilmagan tahdidlarga qarshi kurashish doirasida Vazirlar Mahkamasiga Rossiya fuqarolarining Ukraina hududiga kirishi rejimini qayta ko‘rib chiqish masalasini ishlab chiqishni taklif qildim», — deya yozadi Zelenskiy.

Vladimir Zelenskiy o‘tgan yilning noyabr oyida rossiyaliklarning Ukrainaga kirishiga cheklovlar ishlab chiqilishini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yildan beri ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz rejim amalda ishlamayapti. Ukraina 2014 yildayoq viza rejimini joriy qilishni xohlagandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?