Rossiya suveren sunʼiy intellektni rivojlantirayotgan uchta davlatdan biri

Rossiya suveren sunʼiy intellekt texnologiyalarini faol rivojlantirayotgan dunyodagi uchta yetakchi davlatdan biri hisoblanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin Qozogʻistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari boʻyicha maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Davlat rahbarining taʼkidlashicha, ushbu vositalar bugungi kunda sanoat, fan va taʼlim sohalarida keng qoʻllanilmoqda. Mazkur yoʻnalishda milliy suverenitetni saqlab qolish strategik ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etildi.
Putin Rossiyaning oʻz suveren sunʼiy intellektini yaratish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat oʻzining xususiy formulalari va maʼlumotlar bazalariga ega boʻlishi shart.
Shuningdek, ushbu texnologiyani rivojlantirish samaradorligini oshirish maqsadida YeOII doirasidagi hamkorlar bilan kuchlarni birlashtirish taklif etildi. Bu kabi integratsiya ishlanmalarning global miqyosda raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!