Pentagon Ukrainaga berilgan harbiy yordam bo‘yicha hisobotini e’lon qildi

1 daqiqa o'qish1.2K
Pentagon Ukrainaga berilgan harbiy yordam bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
AQSH mudofaa vazirligi mamlakatni Jo Bayden boshqarishni boshlaganidan buyon Ukrainaga berilgan harbiy yordam bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, Bayden prezidentlikka kelganidan buyon Kiyevga 6,3 mlrd dollarlik, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon 5,6 mlrd dollarlik harbiy yordam taqdim etilgan.

Bu yordam o‘z ichiga 1,4 mingdan ortiq Stinger, 6,5 mingdan ortiq Javelin raketa majmualari, 20 mingta tankka qarshi boshqa turdagi majmualar, 700dan ortiq Switchblade dronlari, 126ta 155 millimetrli gaubitsalar va ularga 260 ming dona snaryad, 20ta Mi-17 vertolyoti, 200ta M113 bronetransportyor va boshqa qurollarni o‘z ichiga oladi.

«Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘zini mudofaa qilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va taqdim etish maqsadida ittifoqchi va hamkorlari bilan ishlashda davom etmoqda», — deyiladi hisobotda.

Avvalroq AQSH senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi 2023 yil uchun harbiy budjetni ma’qullagandi. Unda Ukraina xavfsizligini ta’minlashga yordam berish uchun 800 mln dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?