Merkel Ukrainadagi voqealarga uning iste’foga chiqishi sabab bo‘lganini taxmin qildi

2 daqiqa o'qish1.5K
Merkel Ukrainadagi voqealarga uning iste’foga chiqishi sabab bo‘lganini taxmin qildi
Foto: «RIA Novosti»
Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel o‘tgan yil oxirida iste’foga chiqqani Ukrainadagi voqealarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb yozadi «RBK».

«Mening ketishim, ehtimol, bunga hissa qo‘shgan, xuddi Fransiyadagi saylovlar, Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib ketilishi va Minsk kelishuvlari bajarilishining to‘xtab qolishi voqealari kabi», — dedi Merkel Germaniyaning RDN nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada maxsus operatsiyalar boshlash uchun uning iste’fosini kutgani haqidagi taxminni izohlar ekan.

Sobiq kansler, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat keskinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lganini aytdi.

«Lavozimda uzoq qolmasligim aniq-ravshan edi va shuning uchun aytishim kerakki, o‘tgan yilgi turli urinishlar hech qanday ta’sirga ega bo‘lmadi», — dedi Merkel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin normandcha formatdagi uchrashuvlarda (Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiyaning Donbassdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralari) qatnashishga boshqa «tayyor bo‘lmagan».

Merkel amaldagi Germaniya kansleri Olaf Sholsning siyosatini qo‘llab-quvvatladi va Ukrainaga ko‘mak berilayotganini to‘g‘ri deb baholadi. Shuningdek, sobiq kansler G‘arb nizoda bevosita ishtirok etmayotganini ham to‘g‘ri qaror deb hisobladi.

U nizoda vositachi bo‘lib qatnashishi mumkinlgini istisno qilmadi, biroq bu masala hozircha ko‘tarilmaganini aytdi.

Angela Merkel 16 yil davomida — 2005 yil noyabridan 2021 yil dekabrigacha Germaniya kansleri lavozimini egallagan. 2014 yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi aloqalar keskinlashganidan keyin u o‘sha vaqtdagi Fransiya yetakchisi Fransua Olland bilan Donbassdagi nizoni tartibga solishga urinib ko‘rdi. Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya ishtirokida normandcha format tuzildi, uning yordamida Minsk kelishuvi ishlab chiqildi, keyinroq u BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan ma’qullandi.

Rossiya Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minsk kelishuvlari «ortiq mavjud emasligi»ni, chunki Ukraina hukumati ularni bajarishdan bosh tortganini aytdi.

Ukrainada Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin rasmiy Kiyev Merkelni Moskvaga nisbatan avvalgi yillardagi siyosati uchun tanqid qilgan. Merkelning o‘zi Ukrainadagi voqealarni izohlar ekan, Rossiyaning xatti-harakatlarini «Yevropa tarixida sovuq urush tugaganidan keyingi jiddiy keskin o‘zgarish lahzasi» deb atagandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?