12:11 / 19.06.2022
3 713

Urush qachon tugaydi? Ukrainalik amaldor bayonot berdi

Urush qachon tugaydi? Ukrainalik amaldor bayonot berdi
Aleksey Danilov.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush uzoq davom etishi mumkinligini aytdi.

«Frontdagi vaziyat keskin va og‘ir, men Rossiya armiyasi kuchsiz deb hisoblaydiganlardan emasman. Ular juda katta resurslarga ega», deydi u shanba kuni jurnalistlarga bergan intervyusida.

Danilov bu haqda Kanada nashri bo‘lgan «Globe and Mail»ga gapirgan. Danilov shuningdek, rus armiyasining artilleriya va og‘ir texnikadagi ustunligini tan oldi.

«Askarlarimiz bundan qo‘rqmaydi. Biz o‘z pozitsiyalarimizni ushlab turamiz. Vaqti-vaqti bilan qarshi hujumga o‘tamiz. Ammo urush hali ham davom etmoqda, uning yakuniga yetishi juda yiroq», - deydi ukrainalik amaldor.

Danilov Ukraina urushda qancha askar yo‘qotganini aytishni istamagan, ammo uning ishontirishicha, rasmiy Kiyevning yo‘qotishlari ruslarnikidan ancha kam.

Ta’kidlash joizki, Rossiya sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanov Ukrainadagi urush ikki yilga qadar davom etishi mumkinligini aytgandi. U Kiyev ma’muriyati mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lsa, keyingi nishon Boltiqbo‘yi davlatlari bo‘lishini ham bashorat qilgan.

Avvalroq, «Independent» nashri Amerika razvedkasining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hisobotidan ma’lumotlarni keltirgandi. Unga ko‘ra, rossiyalik harbiylar artilleriya va o‘t ochish raketa tizimlari soni bo‘yicha 20 karra ustunlikka ega. Donbassdagi ukrain harbiylari uchun vaziyat yana shunisi bilan og‘irki, ularning o‘q-dorilari zaxirasi deyarli tugagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush qachon tugaydi? Ukrainalik amaldor bayonot berdi