19:16 / 19.06.2022
1 592

Urushning 115-kuni: Kiyev, Lviv va Xarkivda dafn marosimlari, Donbassda og‘ir janglar

Urushning 115-kuni: Kiyev, Lviv va Xarkivda dafn marosimlari, Donbassda og‘ir janglar
Urushning 115-kuni o‘tdi. Shanba kuni Kiyevda Izyum ostonasida halok bo‘lgan Yevromaydan faollaridan biri Roman Ratushniy dafn etildi (dafn marosimiga yuzlab kiyevliklar va shahar meri Vitaliy Klichko tashrif buyurdi). Donetskda artilleriya zarbalaridan keyin hududlar tozalanmoqda — mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida «DXR» FVVning uch nafar xodimi halok bo‘lib, bir necha kishi yaralangan. Donbass shimolida janglar va aholini evakuatsiya qilish davom etmoqda.
Ukrainadagi urushning 115-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar
  • Xarkiv va Dnepropetrovsk oblastlariga raketa zarbalari oqibatida gazni qayta ishlovchi zavod va neft baza vayron bo‘lgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari «Azot» zavodi hududida mudofaalanayotgan Severodonetsk shahrida janglar davom etmoqda. Kombinat hududidagi bunkerlarda tinch aholi vakillari yashiringan, kombinatdan evakuatsiya tashkil etishning imkoni yo‘q. «LXR»dagi manbalarga ko‘ra kechqurun «Azot» zavodi hududida portlash ro‘y bergan.
  • Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov videomurojaat e’lon qilib, KXSHT mamlakatlarini Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini ochiq qo‘llab-quvvatlamayotganlikda aybladi.
  • Sanksiyalar fonida Rossiyadan Hindistonga neft va ko‘mir sotuvi bir necha barobar oshgan.
  • Ukraina prezidenti urush boshidan buyon uchinchi bor Kiyevdan tashqariga chiqib, Nikolayev va Odessa oblastlariga tashrif buyurdi.
  • Buyuk Britaniya bosh vaziri kolonkasida ittifoqchilarni Ukraina g‘alabasiga qadar davom etuvchi uzoq muddatli urushga tayyor bo‘lishga chaqirdi.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Faxriy qorovul 9 iyun kuni Izyum atrofida halok bo‘lgan Roman Ratushniyning tobutini olib o‘tmoqda. 24 yoshli Ratushniy Kiyevda taniqli faollardan bo‘lgan, Yevromaydanda ishtirok etgan. Uning tashabbuslaridan biri Protasov Yar — shahar chetidagi yashil hududni qurilishlardan himoyalash edi. U Odessadagi «Praviy sektor» yetakchisi, bezorilikda gumonlanib, uy qamog‘iga tashlangan Sergey Sternenkoni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan aksiyada qatnashgan. Urush vaqtida Ratushniy 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigada («Xolodniy ovrag») tarkibida Kiyev yaqinidagi janglarda ishtirok etgan, Trostyanes, Sumi uchun jang qilgan, shuningdek Izyum atrofidagi harbiy harakatlar ishtirokchisi bo‘lgan. Ratushniy bilan vidolashish uchun yuzlab kishilar, jumladan Kiyev meri Vitaliy Klichko ham hozir bo‘ldi.

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Roman Ratushniyning dafniga kelganlar fayerlarni yoqishmoqda. Kiyevdagi Volgogradsk ko‘chasini Ratushniy sharafiga qayta nomlash taklif etilgan. Shuningdek shaharda Ratushniydan iqtibos keltirilgan graffiti paydo bo‘lgan: «Biz hozir qancha ko‘p rossiyalikni o‘ldirsak, bizning bolalarimizni o‘ldirish uchun shunchalik kam rossiyalik keladi».

Xarkiv

Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Harbiy medik va taktik meditsina instruktori, 11 iyun kuni halok bo‘lgan Yevgeniy Xrapkoning dafn marosimi oldidan qabristonning ko‘rinishi. Ukraina nashrlari yozishicha, Xrapko yuzlab kishilarning hayotini saqlab qolgan.

Xarkivdagi ma’muriyat binosi otishmalardan keyin
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA


Xarkiv atrofidagi ma’muriyat binosi yoniga tushgan bombadan hosil bo‘lgan krater
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA


Xarkiv yaqinida eksgumatsiya qilingan rossiyalik askarlar jasadlari refrijeratorga yuklanmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA


Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv yaqinidagi pozitsiyada rossiyalik harbiylar zarba berayotganida xavfsiz joyga o‘tayotgan ukrain harbiylari. Ruslar Xarkiv oblastining ayrim hududlarida qarshi hujumga o‘ta boshlagan.

Donetsk

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Donbass xaloskorlari» yodgorligi yaqinida ko‘tarilgan tutun. 18 iyun kuni Donetsk shahri intensiv o‘qqa tutilishi oqibatida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR FVVning uch xodimi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan.

Valentin Sprinchak / TASS
Donetskdagi ko‘chalardan birining artilleriya zarbasidan keyingi ko‘rinishi. Vayronalar orasida — inson jasadi yotibdi. «DXR» vakillari shahardagi bir qancha rayonlarga snaryadlar kelib tushgani haqida xabar berishgan.

O‘t o‘chiruvchi Donetskka hujum oqibatlarini ko‘zdan kechirmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Aleksandr Reka / TASS
Popasnayadagi vayron bo‘lgan uy. Britaniya razvedkasining 17 iyun kuni e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Popasnaya yo‘nalishida ilgarilashga harakat qilmoqda, bu qismlar Severodonetskni janubdan qurshovga olishi ko‘zda tutilgan.

Popasnayada tankda harakatlanayotgan «LXR» harbiylari. Foto: Aleksandr Reka / TASS

Popasnayadagi vayron bo‘lgan uylar. Foto: Aleksandr Reka / TASS

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskda kassetali raketa zarbasi vaqtida halok bo‘lgan o‘g‘lining tepasida yig‘layotgan ota. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, shaharni o‘qqa tutish davom etmoqda.

Lisichanskda ukrainalik harbiy kichik velosipedda ketmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Pokrovsk aholisi Dnepr va Lvovga evakuatsiya oldidan — shahardan Ukraina g‘arbiga poyezdlar harakati davom etmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Daniel Ceng Shou-Yi / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Donetsk oblasti Nyu-York posyolkasida ko‘zi ko‘rmay qolgan, oilasiz 76 yoshli ayolni olib ketmoqda. Posyolka front chizig‘iga yaqin joylashgan.

Ukrain harbiylari Lisichansk atrofida rossiyalik harbiylar zarbasiga uchragan omborxona hududini tozalamoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Lisichanskda raketa zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan «Diamant» madaniyat uyining yuqoridan ko‘rinishi.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilishini kutayotgan ayol. Rossiya harbiylari shahar bo‘ylab aviazarba berishi oqibatida uning yuziga derazalar siniqlari uchib kelgan.

Ukrain askari Amerikaning M777 gaubitsasini rossiyaliklar pozitsiyasiga zarba berishga tayyorlamoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA


Doimiy ravishda o‘qqa tutilayotgan Lisichansk yaqinidagi pozitsiyada turgan ukrain artilleriyachilari.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA


Ukrain harbiylari fransuzlarning «Sezar» artilleriya qurilmasidan rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Ukrain spesnazi Donetsk oblastida rus harbiylari yo‘lida tankka qarshi minalar o‘rnatmoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA


Ukraina harbiy havo kuchlarining Su-25 samolyoti Donetsk oblasti ustidan pastlab uchmoqda
Scott Olson / Getty Images


Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina armiyasi vertolyotlari Lisichansk hududida. Rossiya bu rayonda Ukraina qurolli kuchlarini o‘qqa tutish va Severodonetskni egallash uchun harakat qilishda davom etmoqda.

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Severodonetskdagi «Azot» kimyoviy zavodi harbiy zarbadan keyin. Oblast gubernatori Sergey Gayday 17 iyun kuni zavod hududidagi boshpanalarda 568 kishi, jumladan 38 nafar bola qolganini xabar qilgandi.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Privole — Lugansk oblasti g‘arbidagi kichik shahar, u Lisichansk va Severodonetskka yaqin joylashgan. 13 iyun kuni ukrain politsiyachilari va ko‘nggillilar bu yerdan o‘nlab tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 115-kuni: Kiyev, Lviv va Xarkivda dafn marosimlari, Donbassda og‘ir janglar