Qozog‘iston Ukrainadagi mojaro tufayli yadro qurolini taqiqlashga chaqirdi

2 daqiqa o'qish1.2K
Qozog‘iston Ukrainadagi mojaro tufayli yadro qurolini taqiqlashga chaqirdi
Foto: RF TIV / TASS
Qozog‘iston 2045 yilgacha yadroviy qurollarni butunlay taqiqlash rejasini ishlab chiqishga chaqirdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Muxtor Tilovberdi Ukrainadagi vaziyat yadroviy qurolni taqiqlash haqida o‘ylashga majbur qilishini ta’kidlagan.

Qozog‘iston hukumati boshqa davlatlarni, jumladan yadroviy derjavalarni 2045 yilgacha yadroviy qurollarni butunlay yo‘qotish bo‘yicha reja ishlab chiqishga chaqirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Muxtor Tilovberdi Liter.kz gazetasi uchun maqolasida yozgan.

U dunyo hozirda inqirozli holatda ekani, yadro quroli qo‘llanishi xavfi oshgani, Ukrainadagi voqealar va o‘zaro tahdidlar yadroviy kallaklarni taqiqlash va yo‘q qilishga undayotganini aytgan.

«Ukraina hududidagi hozirgi harbiy mojaro, yadroviy qurolning qaytarilishi va yadroviy quroldan foydalanish bo‘yicha o‘zaro tahdidlar haqida gapirish bizni har qachongidan ham ko‘proq insoniyatning jamoaviy zaifligi hamda ushbu qirg‘inbarot qurollarni taqiqlash va yo‘q qilish zarurati haqida o‘ylashga majbur qiladi», — deya yozgan vazir.

Qozog‘iston TIV rahbari yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvlar 21-23 iyun kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning birinchi konferensiyasi yakuniy hujjatlarida yozilishi mumkinligini qayd etgan.

Muxtor Tilovberdi avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo bo‘ylab 13 400 ga yaqin yadro kallaklari mavjudligi, bu yadro qurolini ishlatish ehtimolini «sovuq urushning eng qora kunlaridagidan ham realroq» qilishini aytganini eslatgan.

Ukrainadagi urush vaqtida bir necha bor Rossiya yadro qurolini qo‘llashi mumkinligi masalasi ko‘tarildi. Fevral oyi oxirida, urush boshlanishidan bir necha kun o‘tib Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tiyib turuvchi yadroviy kuchlarini «alohida muhim jangovar navbatchilik rejimi»ga o‘tkazishga buyruq berdi. Rossiya vakillari yadro quroli qo‘llash niyatida emasliklarini aytib kelishadi.

Iyun oyida Stokholm tinchlik muammolarini tadqiq qilish xalqaro instituti (SIPRI) direktori Den Smit dunyoda yadro qurolini qo‘llash xavfi sovuq urush davridan buyon eng yuqori cho‘qqiga chiqqanini aytdi.

17 iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Peterburg iqtisodiy forumida Vladimir Putinning yonida turib Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarini kvazidavlatlar deb atadi va uning mamlakati bu soxta respublikalarni tan olmasligini aytdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?