Ukrainani tiklashga qancha pul kerakligi hisoblandi

1 daqiqa o'qish1.9K
Ukrainani tiklashga qancha pul kerakligi hisoblandi
Vayron qilingan Irpen (Ukraina).
Foto: Misha Jos / Facebook

Rossiya bosqinidan so‘ng vayron qilingan Ukrainani tiklashga 1 trillion yevrogacha (1,1 trln dollar) mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda Yevropa investitsiya banki rahbari Verner Hoyerga asoslanib «Bloomberg» xabar berdi.

«Nega trillion dedim? Chunki Ukrainadagi vayronalik darajasini ko‘rarkanman, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan raqamlarni haqiqatdan uzoq deb hisoblayman», — dedi Hoyer Frankfurtdagi brifingda. Eng katta yordamni Yevropa ko‘rsatishi kerak, ta’kidladi u.

Nashrga ko‘ra, YEI yetakchilari 23-24 iyun kunlari Bryusselda yig‘ilib, Ukrainani tiklash hamda uning blokka a’zolik masalasini muhokama qiladigan tadbirda ham ushbu raqamlar tilga olinadi.

Iyul oyida Shveytsariyaning Lugano shahrida o‘tadigan Ukraina bo‘yicha konferensiyada Kiyev mamlakatni tiklash rejasini taqdim etishi kutilyapti.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?