Vena yashash uchun eng qulay shahar deb topildi

1 daqiqa o'qish1.4K
Vena yashash uchun eng qulay shahar deb topildi
Britaniyaning The Economist jurnali tahliliy bo‘limi – Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan 23 iyun, payshanba kuni e’lon qilingan yillik reytingga ko‘ra, Avstriya poytaxti Vena uchinchi bor dunyoning yashash uchun eng qulay shahri deb topildi.

Ilgari Vena 2018 va 2019 yillarda ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan edi. Venani juda jozibali qiladigan narsa - bu barqaror sharoitlar, yaxshi infratuzilma va sog‘liqni saqlash tizimi, shuningdek, ko‘plab madaniy muassasalar va dam olish imkoniyatlari.

EIU reytingiga ko‘ra, eng qulay shaharlar orasida ikkinchi o‘rinda Daniya poytaxti Kopengagen, uchinchi o‘rinda Shveytsariyaning Syurix shahri joylashgan. Yashash uchun eng qulay nemis shahri Frankfurt-Mayn bo‘lib, u yettinchi o‘rinda qayd etildi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Kiyev bu yil tadqiqotga kiritilmadi.

Avvalroq, 2021 yil dekabrida Isroilning Tel-Aviv megapolisi sayyoradagi 173 ta shaharda yashash narxini taqqoslagan EIU tadqiqoti natijalariga ko‘ra dunyodagi eng qimmat shahar deb tan olingan edi. Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni Parij va Singapur bo‘lishdi, uchinchi o‘rin yo‘q, Shveytsariyaning Syurix shahri esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?