Rossiya harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Estoniya hududiga raketa zarbalari berishni mashq qiladi

1 daqiqa o'qish2.3K
Rossiya harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Estoniya hududiga raketa zarbalari berishni mashq qiladi
Foto: «TASS»
Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda, ularning doirasida Estoniya hududiga raketa zarbalarini berish mashq qilinadi. Bu haqdagi ma’lumotni Estoniya Mudofaa vazirligi kansleri Kusti Salm tasdiqladi, deb yozadi Meduza.

«Ular rostdan ham NATO hududiga raketa zarbalarini mashq qilmoqda va bizni bundan xabardor qilmoqda», — dedi kansler.

Salm qayd etishicha, Rossiya vertolyotlari so‘nggi vaqtlarda bir necha marta Estoniya havo chegarasini buzib kirgan va uning fikricha, bu xatolik bo‘lmagan, chunki vertolyotlarning chegaraga juda yaqin uchishi bilan bog‘liq bir nechta holat ham qayd etilgan.

«Rossiya vertolyotlari bir necha marta chegarani buzgan. Gap qirg‘oqdan 50 mil uzoqlikdagi kemalar yoki uzoqdan uchgan samolyotlar haqida emas, vertolyotlar haqida boryapti. Vertolyot chegarani bekordan-bekorga buzmaydi», — dedi u.

Estoniya Mudofaa vazirligi vaziyatni juda jiddiy deb hisoblaydi va «Rossiya provokatsiyasi» holatlarining ko‘payib qolganini kelasi hafta Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti bilan bog‘laydi.

21 iyun kuni Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga 18 iyun kuni havo chegarasi buzilgani munosabati bilan norozilik notasini topshirgandi. Bu ikki hafta ichida Tallin Rossiya elchisiga norozilik bildirishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?