AQSH Rossiya diplomatlarini olib ketishi kerak bo‘lgan maxsus samolyotni qabul qilishdan bosh tortdi

1 daqiqa o'qish2K
AQSH Rossiya diplomatlarini olib ketishi kerak bo‘lgan maxsus samolyotni qabul qilishdan bosh tortdi
Foto: «TASS»
AQSH hukumati Amerika hududini tark etish buyurilgan rossiyalik diplomatlar va ularning oila a’zolarini olib ketish uchun kelgan maxsus reysni qabul qilishdan bosh tortdi, bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

«Vashington mamlakatimizga nisbatan navbatdagi dushmanlarcha xatti-harakati bilan ko‘zga tashlandi, — deyiladi uning TIV saytidagi izohida. — Jo Bayden ma’muriyati gap aslida gumanitar aksiya haqida borayotganini butunlay rad etishni afzal ko‘rdi, bizning samolyotimiz Davlat departamenti avvalroq shu oy oxirigacha AQSH hududini tark etishni qat’iy talab qilgan hamkasblarimizni olib ketish uchun uchib borishi kerak edi».

Zaxarova Amerika hukumatining «qo‘rs xatti-harakati»ga javoban «shu jumladan asimmetrik xususiyatga ega qarshi choralar» ko‘rilishiga va’da berdi. Ular haqida diplomatik kanallar orqali qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

2021 yil sentabrida Davlat departamenti Rossiya tomoniga diplomatik missiyaning AQSHni tark etishi buyurilgan 55 nafar xodimidan iborat ro‘yxatni taqdim etgandi. 27 nafar xodim mamlakatni 30 yanvargacha tark etgan, yana 28 kishi 2022 yil 30 iyungacha ketishi kerak edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?