Ukrainada urush qurboni bo‘lgan tinch aholi soni 4,6 mingdan oshdi — BMT

1 daqiqa o'qish1.4K
Ukrainada urush qurboni bo‘lgan tinch aholi soni 4,6 mingdan oshdi — BMT
Foto: AP Photo
Ukrainada Rossiya bosqini boshlanganidan beri tinch aholi orasida qurbonlar va yaradorlar soni 10 403 kishiga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi saytida aytilgan.

24 fevraldan 21 iyungacha Ukrainada 4634 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 5769 nafari yaralandi. Qurbonlar orasida 320 nafar, yaradorlar orasida 478 nafar bola bor, deyiladi hisobotda.

Qurbonlar va yaradorlarning aksariyati Donetsk va Lugansk viloyatlarida — mos ravishda 2710 va 3209 kishi.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 8 milliondan ortiq odam Ukrainani tark etishga majbur bo‘lgan. 3,5 milliondan ortiq ukrainaliklar Yevropa davlatlariga ko‘chib ketgan.

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada «demilitarizatsiya» va «denasifikatsiya» qilish maqsadida harbiy operatsiya boshlagan edi. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari faqat harbiy infratuzilma ob’yektlariga zarba bermoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?